O’zbekiston  Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi  o’z faoliyatida  O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O’zbekiston Respublikasining  "Arxiv ishi to’g’risida"gi qonunga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv" agentligi farmoyish va buyruqlariga amal qiladi.

O’zbekiston  Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivining yuqori turuvchi organi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv" agentligi hisoblanadi. 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O`zarxiv" agentligi - arxiv ishi va uni yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Arxiv ishi va ish yuritish holati yuzasidan davlat nazoratining  amalda bajarilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Arxivshunoslik va arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjhat aylanishi sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-tehnika yutuqlarini respublika arxiv muassasalari ishlari  amaliyotiga joriy etadi.

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli  bo’lgan resurslarini saqlashni ta’minlaydigan elektron arxivlarni tashkil etishni va faoliyat ko’rsatishni tartibga soladi va muvofiqlashtiradi.

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlat arxivlaridagi hujjatlarini to’ldirish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qiladi va nazorat qiladi.

Davlat tomonidan saqlanishi uchun berilishi kerak bo’lgan, shu jumladan saqlash muddati ko’rsatilgan hujjatlarning  namunaviy ro’yhatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv  organlari  tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning idoraviy ro’yhatlarini kelishadi, arxiv hujjatlari davlat arxivlariga berilishi kerak bo’lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ro’yhatini tuzish tartibini belgilaydi. 

Respublika budjeti loyihasiga "O’zarxiv" agentligiga bevosita bo’ysungan arxiv muassasalari ta’minotiga harajatlar to’g’risidagi  takliflarni ishlab chiqadi, ularning moliyalashtirilishi va sarflanishini nazorat qiladi.

O’zbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi halqaro faoliyatini amlaga oshiruvchi vakolatli ma’muriy organi sifatida ish ko’radi. Halqaro tashkilotlarning arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi kongresslarida, s’ezdlarida, konferensiyalarida O’zbekiston Respublikasi nomidan  qatnashadi, arxiv ishi va uni yuritish  sohasida halqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi.

Arxiv hujjatlarini, O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining tarkibi va mazmuni to’g’risidagi ma’lumotnoma-axborot adabiyotlarini nashr etishni tashkillashtiradi, retrospektiv axborotlarga  bo’lgan ijtimoiy imtiyozlarni  va hujjatlardan foydalanish samaradorligini  o’rganishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi.

 


Mаnzil: 100043, Tоshkеnt shаhаr, Chilonzor ko‘chasi 2-uy 

Ish kunlari: Dushanbadan Jumagacha
Ish vaqti: 9:00-12:00 13:00-18:00
Telefon raqam:(+99871) 277-13-35 
Axborot xizmati:(+99871) 277-11-68 
Faks: (+99871) 277-13-35
Elektron pochta : uzarchive@archive.uz